News

Speaker

Turkiy davlatlar tashkiloti: InnoWeek.uz haftaligida aqlli shaharlar uchun echimlar

InnoWeek.uz – 2022 xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida “Aqlli shaharlar” mavzusida IT-mutaxassislari uchun ekspertlar konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova “Aqlli shahar”ni yaratishdan ko'zlangan muhim maqsadlardan biri aholining turmush sifatini yaxshilash, xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish va aholi ehtiyojlarini qondirish ekanini ta'kidladi.“Aqlli shahar” loyihasi butun dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlar duch kelayotgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishning samarali usuli sifatida qo'llanilayotgan yangi texnologiyalarning joriy etilishi davrida, ayniqsa, dolzarb ahamiyatga ega. Joriy yilda Prezidentning “2022–2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori imzolandi. Uning muhim yo'nalishlaridan biri – “aqlli” tibbiyot, transport, aloqa, qishloq xo'jaligi, energetika tizimi va mahalla kabi texnologiyalar hamda IT-echimlarni joriy etish bo'ldi. Innovatsion hududga aylantirish uchun O'zbekiston bo'ylab 28ta tuman tanlab olindi. Bu hududlarni innovatsion tumanga aylantirishda zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, “aqlli shahar” muhim ahamiyatga ega.Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlangan yana bir loyiha Koreya Respublikasi Er, infratuzilma va transport vazirligi bilan hamkorlikdagi loyihadir. Uning maqsadi bosh rejani ishlab chiqish va Toshkent shahrining Bektemir tumanida “aqlli shahar” loyihasini amalga osh

Recent News

Speaker

The “Congress of Creative Educ

Speaker

10 documents were signed to ex

Speaker

The winners of various competi

Speaker

A panel session “Implementatio

Speaker

The first summit of the youth

Close
Fill in the fields below to register in the system
I am
participant

Are you registered? Please check your ticket

Are you registered? Please check your ticket